Ishlov berish shartlari | Foydalanuvchini avtorizatsiya qilish, foydalanuvchini xabardor qilish, avtomobilning davlat ro‘yxat belgisi bo‘yicha tizimda ro‘yxatdan o‘tkazish orqali to‘xtash seansini bog‘lash, eng yaqin pullik to‘xtash joylarini qidirish |
Shaxsga doir ma`lumotlar | - telefon raqamlar; - Avtomobilning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan raqam belgis; - geolokatsiya. |
Huquqiy asosi | O`zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi O`RQ-547-sonli “Shaxsiy ma`lumotlar to`g`risida”gi Qonuni. |
Shaxsiy ma`lumotlarga ishlov berish turlari | Telefon raqami saqlanadi va quyidagilar uchun ishlatiladi: - avtorizatsiya uchun telefon raqamiga SMS orqali bir martalik parol yuborish; - Telefon raqamiga SMS yuborish orqali pulli to`xtab turish seansining boshlanishi va tugashi haqida ma`lumot xabarlarini yuborish. Transport vositasining davlat ro`yxatidan o`tkazish belgisi saqlanadi va pulli to`xtab turish sessiyasini ro`yxatdan o`tkazish uchun ishlatiladi. - Geolokatsiya saqlanmaydi yoki uchinchi tomon xizmatlariga uzatilmaydi, lekin yaqin atrofdagi pulli to`xtab turish joylarini qidirish uchun ishlatiladi. |
Ushbu Shaxsga doir ma`lumotlarga ishlov berish siyosati (keyingi o`rinlarda - Siyosat) O`zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi № O`RQ-547-sonli “Shaxsga doir ma`lumotlar to`g`risida”gi Qonuni (keyingi o`rinlarda - Shaxsga doir ma`lumotlar to`g`risidagi Qonun) talablari asosida ishlab chiqilgan bo`lib, shaxsga doir ma`lumotlarni ishlov berish tartibini va “STREETPARK SYSTEMS” MChJ (keyingi o`rinlarda - Texnik operator) tomonidan shaxsga doir ma`lumotlar xavfsizligini ta`minlash choralarini belgilaydi.
1.1.Texnik operator shaxsga doir ma`lumotlarga ishlov berish jarayonida fuqarolarning huquq va erkinliklari, shu jumladan, shaxsiy hayot daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirni himoya qilish huquqiga rioya etishni o`z faoliyatining eng muhim maqsadlaridan biri deb hisoblaydi.
1.2.Ushbu Siyosat “Poytaxt Parking” axborot tizimi (keyingi o`rinlarda - Axborot tizimi) orqali ko`rsatiladigan xizmatlardan foydalanish hamda pulli to`xtab turish joylaridan foydalanish huquqini berish bo`yicha Ommaviy shartnoma (keyingi o`rinlarda - Shartnoma) ijrosi bilan bog`liq barcha Foydalanuvchilarga nisbatan qo`llaniladi.
1.3.Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashga roziligi “Poytaxt Parking” mobil ilovasida avtorizatsiya jarayonidan o‘tgan paytdan, Axborot tizimining boshqa xizmatlaridan foydalangan paytdan, Pulli to‘xtab turish joyidan haqiqatda foydalangan paytdan yoxud Shartnomada nazarda tutilgan tartibda Shartnoma shartlari aksept qilingan paytdan boshlab tegishli tarzda berilgan deb hisoblanadi.
2.1.Shaxsga doir ma’lumotlarga avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish – hisoblash texnik vositalaridan foydalangan holda shaxsga doir ma`lumotlarga ishlov berish.
2.2.Shaxsga doir ma`lumotlarni bloklash – shaxsga doir ma`lumotlarni vaqtincha ishlov berishni to`xtatish (ma`lumotlarni aniqlashtirish holatlari bundan mustasno).
2.3.“Poytaxt Parking” Axborot tizimi – pulli to`xtab turish joylariga Internet tarmog`i orqali kirishni ta`minlovchi grafik va axborot materiallari, dasturiy ta`minot va ma`lumotlar bazalari majmuasi.
2.4.Shaxsga doir ma`lumotlar axborot tizimi – shaxsga doir ma`lumotlarni o`z ichiga oluvchi ma`lumotlar bazalari va ularga berishni ta`minlovchi axborot texnologiyalari va texnik vositalar.
2.5.Shaxsga doir ma`lumotlarni egasizlantirish – shaxsga doir ma`lumotlarni aynan qo`shimcha ma`lumotlarsiz muayyan Foydalanuvchiga tegishli ekanini aniqlab bo`lmaydigan shaklga keltirish.
2.6.Shaxsga doir ma`lumotlarnga ishlov berish– shaxsga doir ma`lumotlarni bilan bog`liq har qanday harakat yoki harakatlar: si yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha bir harakatni yoki harakatlar majmuini amalga oshirish.
2.7.Shaxsga doir ma`lumotlar – “Poytaxt Parking” axborot tizimining aniq yoki aniqlanishi mumkin bo`lgan Foydalanuvchiga bevosita yoki bilvosita tegishli bo`lgan har qanday ma`lumotlar.
2.8.Shaxsga doir maʼlumotlarning tarqatilishiga subyekt tomonidan ruxsat berilgan holati – “Shaxsga doir ma`lumotlar to `g `risida”gi qonunda belgilangan tartibda rozilik berish yo`li bilan shaxsga doir ma`lumotlarni subyekti tomonidan cheklanmagan doiradagi shaxslarga foydalanish huquqi beriladigan shaxsga doir ma`lumotlar.
2.9.Shaxsga doir ma`lumotlarni taqdim etish – shaxsga doir ma`lumotlarni ma`lum bir shaxsga yoki muayyan shaxslar guruhiga oshkor qilishga qaratilgan harakatlar.
2.10.Shaxsga doir ma`lumotlarni tarqatish – shaxsga doir ma`lumotlarni cheksiz miqdordagi shaxslarga oshkor qilishga (shaxsga doir ma`lumotlarni uzatish) yoki cheksiz miqdordagi shaxslarni shaxsga doir ma`lumotlar bilan tanishtirishga qaratilgan har qanday harakatlar, shu jumladan shaxsga doir ma`lumotlarni ommaviy axborot vositalarida e`lon qilish, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarida joylashtirish yoki shaxsga doir ma`lumotlardan boshqa yo`llarda foydalanish imkoniyatini ta`minlash.
2.11.Shaxsga doir ma`lumotlarni transchegaraviy uzatish – shaxsga doir ma`lumotlarni xorijiy davlat hududiga, xorijiy davlat organiga, xorijiy jismoniy yoki xorijiy yuridik shaxsga uzatish.
2.12.Shaxsga doir ma`lumotlarni yo`q qilish – shaxsga doir ma`lumotlarning qayta tiklab bo`lmaydigan tarzda butunlay yo`q qilinishiga qaratilgan har qanday harakatlar.
3.1.Operator quyidagi huquqlarga ega:
3.2.Operator quyidagi majburiyatlarga ega:
4.1.Shaxsga doir ma`lumotlar subyekti quyidagi huquqlarga ega:
Ushbu Siyosatda belgilangan huquqlardan foydalanish bo`yicha shaxsga doir ma`lumotlar subyekti tomonidan yuborilgan murojaatlarga Texnik operator tomonidan murojaat kelib tushgan kundan boshlab 10 (o`n) ish kunidan oshmagan muddatda javob beriladi.
4.2.Shaxsga doir ma`lumotlar subyekti majbur:
4.3.O`ziga oid noto`g`ri shaxsga doir ma`lumotlarni taqdim etgan shaxslar yoki boshqa shaxsga doir ma`lumotlar subyektining roziligisiz uning ma`lumotlarini taqdim etgan shaxslar O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
5.1.Shaxsga doir ma`lumotlarga ishlov berish qonuniy va adolatli asosda amalga oshiriladi.
5.2.Shaxsga doir ma`lumotlarga ishlov faqat oldindan aniq belgilangan va qonuniy maqsadlarga erishish bilan cheklanadi. Belgilangan maqsadlarga mos bo`lmagan holatlarda shaxsga doir ma`lumotlarga ishlov berish yo`l qo`yilmaydi.
5.3.Ishlov berish maqsadlari bir-biriga mos kelmaydigan shaxsga doir ma`lumotlar mavjud bo`lgan ma`lumotlar bazalarini birlashtirishga yo`l qo`yilmaydi.
5.4.Faqat ishlov berish maqsadlariga mos keladigan shaxsiy ma`lumotlarga ishlov berish mumkin.
5.5.Ishlov berilayotgan shaxsga doir ma'lumotlarning mazmuni va hajmi e'lon qilingan ishlov berish maqsadlariga mos bo'lishi lozim. Ishlov berish maqsadlariga nisbatan ortiqcha bo‘lgan shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
5.6.Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishda ularning aniqligi, yetarliligi va zarur hollarda ishlov berish maqsadlariga muvofiq ravishda dolzarbligi ta'minlanadi. Operator noaniq yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlashtirish yoki ularni o‘chirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi va/yoki ularning ko‘rilishini ta’minlaydi.
5.7.Shaxsga doir ma`lumotlar, ularning subyektini aniqlash imkonini beradigan shaklda, ishlov berish maqsadlari amalga oshirilgan muddatdan oshmagan holatda saqlanishi kerak. Agar saqlash muddati qonun, shartnoma yoki boshqa asosga ko`ra belgilanmagan bo`lsa, ma`lumotlar mazkur maqsadlarga erishilgach yoki bu maqsadlar yo`qolgan taqdirda yo`q qilinadi yoki egasizlantiriladi.
| Ishlov berish shartlari | Foydalanuvchini avtorizatsiya qilish, Foydalanuvchini xabardor qilish, transport vositasining davlat ro‘yxat raqam belgisini Tizimda ro‘yxatdan o‘tkazish, pulli to‘xtab turish sessiyalarini hisobga olish va ma’muriy yuritish, to‘lovlarni hisoblash va qabul qilish, Pulli to‘xtab turish joyidan foydalanish faktini qayd etish, xabarnomalar yuborish, murojaatlarni ko‘rib chiqish, qarzdorlikni undirish, Texnik operatorning huquqlarini himoya qilish, shuningdek Foydalanuvchining alohida roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish. |
|---|---|
| Shaxsga doir ma`lumotlar |
- telefon raqamlari; - transport vositasining davlat ro‘yxat raqam belgisi; - geolokatsiya ma’lumotlari, agar ular Tizim funksionali orqali foydalanilsa; - transport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; - Foydalanuvchining Tizimdagi identifikatori; - pulli to‘xtab turish sessiyasi, tanlangan pulli to‘xtab turish joyi, pulli to‘xtab turish zonasi, qayd etish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; - tanlangan pulli to‘xtab turish joyi, pulli to‘xtab turish zonasi va taxminiy to‘xtab turish joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; - to‘lov, qarzdorlik, hisob-kitoblar, xabarnomalar va qo‘llab-quvvatlash xizmatiga qilingan murojaatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; - aloqa markaziga qilingan murojaatlarning audioyozuvlari; - muayyan xizmatni taqdim etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar. |
| Huquqiy asosi | Foydalanuvchining roziligi; Ommaviy shartnoma (oferta); O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi O‘RQ-547-sonli “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni; Shartnomani bajarish, Texnik operatorning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini bajarish zarurati. |
| Shaxsiy ma`lumotlarga ishlov berish turlari | Shaxsga doir ma’lumotlar avtorizatsiya qilish, transport vositasini identifikatsiya qilish, pulli to‘xtab turish sessiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish, xizmatlar qiymatini hisoblash, to‘lovlarni qabul qilish va solishtirish, axborot xabarlari hamda qarzdorlik to‘g‘risidagi xabarnomalarni yuborish, murojaatlarni ko‘rib chiqish, Pulli to‘xtab turish joyidan foydalanish faktini qayd etish, dalillar bazasini shakllantirish, qarzdorlikni undirish va Texnik operatorning huquqlarini himoya qilish maqsadlarida foydalaniladi. Qo‘shimcha servislarni taqdim etish uchun ma’lumotlarni hamkorlarga uzatish faqat Foydalanuvchining alohida roziligi olinganidan keyin hamda tegishli servisni ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hajmda amalga oshiriladi. |
7.1.Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash shaxsga doir ma’lumotlar subyektining roziligi bilan yoxud O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan mazkur Shartnomani bajarish, Texnik operatorning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qarzdorlikni undirish, sud, davlat organlari va boshqa vakolatli shaxslarning talablarini bajarish zarurati bilan amalga oshiriladi.
7.2.Texnik operator “Shaxsga doir ma`lumotlar to`g`risida”gi Qonunda to`g`ridan-to`g`ri belgilangan holatlarda, subyektning roziligisiz ham shaxsga doir ma`lumotlarga ishlov berishni davom ettirish huquqiga ega.
7.3.Shaxsga doir ma’lumotlar quyidagi hollarda uchinchi shaxslarga taqdim etilishi mumkin:
Hamkorlar jumlasiga sug'urta tashkilotlari, sug’urta agregatorlari, yoqilg’i quyish xizmatlari, transport vositalarini quvvatlash (zaryadlash) xizmatlari, texnik xizmat ko’rsatish va avtomobillarni yuvish xizmatlari, raqamli servislar yetkazib beruvchilari hamda xizmatlari “Poytaxt Parking” axborot tizimi orqali foydalanish mumkin bo’lgan boshqa shaxslar kirishi mumkin.
7.4.Shaxsga doir ma`lumotlar uchinchi shaxslarga faqat Shartnomani bajarish maqsadida, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yoki Foydalanuvchining roziligi bilan uzatiladi.
7.5.Shaxsga doir ma`lumotlarning transchegaraviy uzatilishi faqat shaxsga doir ma`lumotlar subyektlarining huquqlari yetarli darajada himoya qilinadigan xorijiy davlatlar hududiga, O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
7.6.Texnik operator shaxsga doir ma`lumotlarning maxfiyligini ta`minlaydi va ularni himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko`radi.
8.1.Texnik operator tomonidan ishlov beriladigan shaxsga doir ma`lumotlarning xavfsizligi, amaldagi qonun hujjatlari talablarini to`liq bajarish uchun zarur bo`lgan huquqiy, tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali ta`minlanadi.
8.2.Operator shaxsga doir ma`lumotlarning butligini saqlaydi va ruxsatsiz shaxslarning ma`lumotlarga kirishini istisno etuvchi barcha mumkin bo`lgan choralarni ko`radi.
8.3.Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlari uchinchi shaxslarga faqat mazkur Shartnomani bajarish, Pulli to‘xtab turish joyi xizmatlarini ko‘rsatish, to‘lovlarni qabul qilish va qayta ishlash, Tizimni texnik qo‘llab-quvvatlash, xabarnomalar yuborish, murojaatlarni ko‘rib chiqish, qarzdorlikni undirish, Texnik operatorning huquqlarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini bajarish uchun zarur bo‘lgan hollarda va hajmda yoxud Foydalanuvchining alohida roziligi asosida berilishi mumkin.
8.3.1.Foydalanuvchi Operatorning hamkorlari tomonidan taqdim etiladigan qo‘shimcha servis xizmatlaridan foydalanganda, shaxsga doir ma’lumotlar so‘ralgan xizmatni ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hajmda tegishli hamkorga taqdim etilishi mumkin. Taqdim etiladigan ma’lumotlar tarkibiga telefon raqami, transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan raqami, transport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, parkovka sessiyasi, tanlangan pulli avtoturargoh, parkovka zonasi, taxmin qilinayotgan parkovka joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda tegishli xizmatni ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar kirishi mumkin. Bunday ma’lumotlarni uzatish faqat Foydalanuvchining «Poytaxt Parking» axborot tizimi funksionali orqali alohida bildirgan roziligi olinganidan keyin amalga oshiriladi. Ma’lumotlar hamkorga taqdim etilganidan so‘ng, ularni qayta ishlash hamkorning maxfiylik siyosati hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
8.4.Foydalanuvchi o`z shaxsga doir ma`lumotlarida aniqlashtirish zarur bo`lsa, bu haqda info@streetpark.uz elektron pochta manziliga «Shaxsga doir ma`lumotlarni yangilash» degan izoh bilan xabarnoma yuborish orqali yangilash huquqiga ega.
8.5.Shaxsga doir ma`lumotlar Shartnomaning amal qilish muddati davomida va undan so`ng 5 (besh) yilgacha saqlanadi, agar qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilanmagan bo`lsa. Foydalanuvchi istalgan vaqtda info@streetpark.uz elektron manziliga «Shaxsga doir ma`lumotlarga ishlov berishga berilgan rozilikni bekor qilish» degan sarlavha bilan murojaat yuborish orqali o`z roziligini bekor qilishi mumkin.
8.6.Tashqi xizmatlar, jumladan, to`lov tizimlari, aloqa vositalari va boshqa xizmat provayderlari tomonidan to`plangan barcha ma`lumotlar ushbu xizmat ko`rsatuvchilar (Operatorlar) tomonidan ularning Foydalanuvchi bilan kelishuvi va Maxfiylik siyosatiga muvofiq saqlanadi va ishlov beriladi. Operator uchinchi shaxslarning, shu jumladan ushbu bandda ko`rsatilgan xizmat ko`rsatuvchilarning harakatlari uchun javobgar bo`lmaydi.
8.7.Tarqatishga ruxsat etilgan shaxsga doir ma`lumotlarni uzatishga (foydalanish imkoniyatini berishdan tashqari), shuningdek ularga ishlov berishga yoki ularga ishlov berish shartlariga (foydalanish imkoniyatini bevosita ta`minlash holatlaridan tashqari) nisbatan shaxsga doir ma`lumotlar subyekti tomonidan belgilangan taqiqlar shaxsga doir ma`lumotlarga O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan davlat, jamoat va boshqa ommaviy manfaatlarni ko`zlab ishlov berilgan hollarda amal qilmaydi.
8.8.Operator shaxsga doir ma`lumotlarga ishlov berishda shaxsga doir ma`lumotlarning maxfiyligini ta`minlaydi.
8.9.Operator shaxsga doir ma`lumotlarni saqlashni shaxsga doir ma`lumotlar subyektini aniqlash imkonini beradigan shaklda, agar shaxsga doir ma`lumotlarni saqlash muddati qonunda, shaxsga doir ma`lumotlar subyekti taraf, foyda oluvchi yoki kafil bo`lgan shartnomada belgilanmagan bo`lsa, shaxsga doir ma`lumotlarga ishlov berish maqsadlari talab qiladigan muddatdan ortiq bo`lmagan muddatga amalga oshiradi.
8.10.Shaxsga doir ma`lumotlarga ishlov berish maqsadlariga erishilganligi, shaxsga doir ma`lumotlar subyekti roziligining amal qilish muddati tugaganligi, shaxsga doir ma`lumotlar subyekti rozilikni chaqirib olganligi yoki shaxsga doir ma`lumotlarga ishlov berishni tugatish to`g`risida talab qo`yganligi, shuningdek shaxsga doir ma`lumotlarga g`ayriqonuniy ishlov berilganligi aniqlanganligi shaxsga doir ma`lumotlarga ishlov berishni tugatish sharti bo`lishi mumkin.
9.1.Operator shaxsga doir ma`lumotlarni yig`ish, yozib olish, tizimlashtirish, jamlash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o`zgartirish), ajratib olish, ulardan foydalanish, ularni uzatish (tarqatish, taqdim etish, ulardan foydalanish), egasizlantirish, bloklash, o`chirib tashlash va yo`q qilishni amalga oshiradi.
9.2.Operator shaxsga doir ma`lumotlarga avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berishni olingan ma`lumotlarni axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari orqali olish va/yoki uzatish yo`li bilan yoki bunday tarmoqlardan foydalanmasdan amalga oshiradi.
10.1.Operator shaxsga doir ma`lumotlarni transchegaraviy uzatish bo`yicha faoliyatni amalga oshirish boshlanganiga qadar shaxsga doir ma`lumotlar subyektlarining huquqlarini himoya qilish bo`yicha vakolatli davlat organini shaxsga doir ma`lumotlarni transchegaraviy uzatishni amalga oshirish niyati to`g`risida xabardor qilishi shart (bunday xabarnoma shaxsga doir ma`lumotlarga ishlov berishni amalga oshirish niyati to`g`risidagi xabardan alohida yuboriladi).
10.2.Operator yuqorida ko`rsatilgan xabarnoma taqdim etilganga qadar shaxsga doir ma`lumotlarni transchegaraviy uzatish rejalashtirilayotgan chet davlatning hokimiyat organlaridan, chet ellik jismoniy shaxslardan, chet ellik yuridik shaxslardan tegishli ma`lumotlarni olishi shart.
10.3.Shaxsga doir ma`lumotlarni transchegaraviy uzatish faqat shaxsga doir ma`lumotlar subyektlari huquqlarining yetarli darajada himoya qilinishini ta`minlovchi chet davlatlar hududiga O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
11.1.Operator va shaxsga doir ma`lumotlardan foydalanishga ruxsat olgan boshqa shaxslar, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo`lsa, shaxsga doir ma`lumotlarni shaxsga doir ma`lumotlar subyektining roziligisiz uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi va tarqatmasligi shart.
12.1.Foydalanuvchi o`zining shaxsiy ma`lumotlariga ishlov berish bilan bog`liq bo`lgan har qanday masalalar bo`yicha tushuntirishlarni Operatorga info@streetpark.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilish orqali olishi mumkin.
12.2.Bu hujjatda Operator tomonidan shaxsiy ma`lumotlarga ishlov berish siyosatidagi har qanday o`zgarishlar aks ettiriladi. Ushbu siyosat uning yangi versiyasi bilan almashtirilganga qadar muddatsiz amal qiladi.