Toshkent shahri hududida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarida joylashgan pulli to`xtab turish joylaridan foydalanish huquqini beruvchi xizmatlar ko`rsatish to`g`risidagi
OMMAVIY SHARTNOMA (OFERTA)
1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu Ommaviy shartnoma (keyingi – o`rinlarda “Shartnoma”) pulli to`xtab turish joylariga bo‘lgan huquq egasining (keyingi o`rinlarda – “Texnik operator”) har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsga (keyingi o`rinlarda – “Foydalanuvchi”) O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ravishda UToshkent shahri hududidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarida joylashgan pulli to`xtab turish joylaridan (keyingi o`rinlarda – “Pulli to`xtab turish joylari”) foydalanishga doir rasmiy taklifi hisoblanadi.
1.2. Ushbu Ommaviy shartnomada O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida hamda mazkur Shartnomada belgilangan tartibda Toshkent shahri hududidagi umumiy foydalanishda bo`lgan avtomobil yo`llarida joylashgan pulli to`xtab turish joylaridan foydalanish huquqini berish bo`yicha xizmat ko`rsatish shartnomasini tuzish shartlari bayon etilgan.
1.3. Foydalanuvchi tomonidan ushbu Ommaviy shartnomasda ko`rsatilgan harakatlarning bajarilishi, ushbu Shartnomada belgilangan shartlar, tartib va hajmga muvofiq mazkur Shartnomani tuzishga bo‘lgan rozilik sifatida qabul qilinadi.
1.4. Quyida keltirilgan Ommaviy shartnoma matni O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367 va 370-moddalariga muvofiq, nomuayyan shaxslar doirasiga yo’naltirilgan rasmiy ommaviy shartnoma tuzish taklifi (oferta) hisoblanadi.
1.5. Ushbu Shartnomaning aksepti deb Foydalanuvchining pulli to`xtab turish joyiga kirishi va/yoki mobil ilova/to`lov terminalidan foydalanishi, shuningdek, ushbu Shartnomaning 3.3-bandida ko`rsatilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishi hisoblanadi.
1.6. Ushbu Shartnoma matni Toshkent shahar hokimining 2024-yil 16-oktabrdagi №731-14-0-Q/24-sonli qarori hamda 2024-yil 21-oktabrdagi №752−14−0-Q/24-sonli qarori, Toshkent shahri hududida pulli to`xtab turish joylarini tashkil etishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablari, hamda Texnik operator “STREETPARK SYSTEMS” MChJ va pulli to`xtab turish joylari operatori “PROMOBILITY” MChJ o`rtasida tuzilgan AAT “Pulli to`xtab turish joylari” tizimidan foydalanish shartnomasi asosida tayyorlangan.
1.7. Pulli to`xtab turish joylari xizmatlari O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 1996-yil 26-apreldagi 221-I-sonli “Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi Qonun, 2019-yil 2-iyuldagi O‘RQ-547-sonli “Shaxsga doir ma`lumotlar to`g`risida”gi Qonun, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ko`rsatiladi.
1.8. Ushbu Ommaviy shartnoma saqlash shartnomasi hisoblanmaydi, pulli to‘xtab turish joyi transport vositalarini saqlash uchun mo`ljallanmagan. Foydalanuvchi transport vositasining yo`qolishi, o`g`irlanishi, shikastlanishi yoki uchinchi shaxslar tomonidan boshqa zarar yetkazilishi bilan bog`liq barcha xavflarni o`z zimmasiga oladi. Texnik operator va operator bunday holatlar uchun javobgar emas, O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida to`g`ridan-to`g`ri nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno
1.9. Toshkent shahar hokimining 2024-yil 16-oktabrdagi №731-14-0-Q/24-sonli qaroriga muvofiq shaharda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarida joylashgan pulli to`xtab turish joylari tizimi tashkil etilgan.
1.10. Pulli to`xtab turish joylarini boshqarish Texnik operator sifatida “StreetPark Systems” MChJ tomonidan amalga oshiriladi, unga pulli to`xtab turish tizimini tashkil etilishi maqsadida Toshkent shahrining 86 ta ko`chada joylashgan mulkiy majmualar ijara shartnomasi asosida ajratilgan.
1.11. Pulli to`xtab turish joylari faqat jonli navbat asosida taqdim etiladi va oldindan band qilinmaydi.

2. Terminlar va ta’riflar

Texnik operator – pulli asosda to`xtab turish joylarini boshqarish va ma`muriyatchiligini amalga oshiruvchi yuridik shaxs bo`lib, pulli to`xtab turish joylaridan Foydalanuvchilar bilan hisob-kitoblarni yuritadi, shuningdek, pulli to`xtab turish joylaridan foydalanish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi.
Foydalanuvchi – ushbu Shartnomaning barcha shartlarini qabul qilgan holda Pulli to`xtab turish xizmatlaridan foydalanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs.
Pulli to`xtab turish joylari – Toshkent shahri hududidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarida joylashgan, maxsus belgilangan va jihozlangan, transport vositalarini qisqa muddatga yoki uzoq muddatga pulli asosda tartibli joylashtirish uchun mo`ljallangan joy (joylar) bo`lib, Toshkent shahri hokimining 2024-yil 16-oktabrdagi №731-14-0-Q/24-sonli va 2024-yil 21-oktabrdagi №752-14-0-Q/24-sonli qarorlari hamda o`tkazilgan auksion natijalari asosida, “StreetPark Systems” MChJga foydalanish (ijara) huquqi asosida taqdim etilgan, Toshkent shahrining 86 ta ko`chasida joylashgan mulkiy majmualarida pulli to`xtab turish joylarini tashkil etish uchun ajratilgan joylar. Pulli to‘xtab turish joylari hududiga Toshkent shahrining yo‘l-transport tarmog‘ida joylashgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq tarzda tegishli yo‘l belgilari va/yoki yo‘l chiziqlari bilan belgilangan 86 ta ko‘chadagi barcha pulli to‘xtab turish joylari kiradi.
To`xtab turish joyi – pulli to`xtab turish joylari hududida bir dona transport vositasini joylashtirish uchun ajratilgan alohida joy.
To`lov terminali/to`lov tizimi – Transport vositasini qo`yish uchun ajratilgan joydan foydalanish xizmatlari uchun to`lovni amalga oshirish imkonini beruvchi Paynet uskunasi va boshqa shunga o`xshash uskunalar`.
Mobil ilova – “Poytaxt Parking” mobil ilovasi bo`lib, Foydalanuvchilarga pulli to`xtab turish joylari xizmatlaridan foydalanish, shuningdek, mobil ilova funksional imkoniyatlariga qarab ma`lumotlar va xizmatlarni olish uchun mo`ljallangan, smartfon, planshet va boshqa mobil qurilmalarda foydalanish uchun yaratilgan. Ilova elektron hisoblash mashinasi (mobil qurilma) uchun mo`ljallangan dasturiy ta`minot hisoblanadi.
Shaxsiy kabinet – Internet portalda yoki mobil ilovada ro`yxatdan o`tgan Foydalanuvchilarga avtorizatsiyadan o`tgandan so`ng pulli to`xtab turish joylari xizmatlariga kirish imkonini beruvchi bo`lim bo`lib, unda pulli to`xtab turish joylari uchun to`lov qilish, hisobni to`ldirish, operatsiyalar tarixini ko`rish va hokazolar.
Agar Foydalanuvchi oldindan ro`yxatdan o`tmasdan to`lov terminali orqali to`lovni amalga oshirsa, Foydalanuvchi akkaunti tizim tomonidan u tomonidan kiritilgan ma`lumotlar asosida avtomatik ravishda shakillantiriladi va keyinchalik Shaxsiy kabinetga kirish imkoniyati taqdim etiladi.
To`xtab turish joylari sessiyasi – transport vositasining Pulli to`xtab turish joyiga oldindan to`langan to‘xtash vaqti doirasida joylashtirilganligi qayd etilgan paytdan boshlab, ushbu transport vositasi mazkur to‘xtash joyidan chiqib ketguniga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Shaxsga doir ma`lumotlar – to`g‘ridan-to`g‘ri yoki bilvosita aniqlangan yoxud aniqlanishi mumkin bo‘lgan jismoniy shaxsga (shaxsga doir ma’lumotlar sub’ekti) tegishli bo`lgan har qanday axborot. Davlat ro`yxatidan o`tkazilgan davlat raqami belgisi – belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan transport vositasining davlat raqam belgisi.
Tizim – “Pulli to`xtab turish joylari” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bo`lib, shahar pulli to`xtab turish joylarini yaratish va faoliyat yuritish uchun mo`ljallangan. Pulli to`xtab turish joylari hududiy zonasi (zona) – muayyan identifikatsiya raqami berilgan bir nechta pulli to`xtab turish joylari birlashgan kompleks.
Tarif – amaldagi qonunchilikka muvofiq Texnik operator tomonidan transport vositasining pulli to`xtab turish joylari hududidan foydalanish muddati va shartlariga qarab belgilanadigan pulli to`xtab turish joylari xizmatlarining narxi.
TV – Transport vositasi Imtiyozli toifalar - O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, pulli to`xtab turish joylari uchun alohida to`lov bo`yicha maxsus shartlarga ega bo`lgan fuqarolar toifalari. Aloqa markazi – jismoniy va yuridik shaxslarning pulli to`xtab turish joylari xizmatlarini ko`rsatish bilan bog`liq masalalar bo`yicha murojaatlarini qabul qilish, ro`yxatga olish va ko`rib chiqishni amalga oshiruvchi Texnik operatorning tarkibiy bo`linmasi.

3. Shartnoma Predmeti

3.1. Texnik operator Foydalanuvchiga transport vositasi uchun Pulli to`xtab turish joyi xizmatini ko`rsatish majburiyatini oladi, Foydalanuvchi esa transport vositasini Pulli to`xtab turish joyiga kirish va joylashtirish orqali ushbu xizmatni qabul qilish, shuningdek, ushbu joylarga oid ma`lumot taxtasida, Texnik operatorning www.streetpark.uz veb-saytida va pulli to`xtab turish joylari operatorining www.poytaxtparking.uz veb-saytida foydalanish qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladi. Foydalanuvchi Texnik operatorga ushbu Shartnomada va xizmatlar Tariflarida belgilangan tartibda va shartlarga muvofiq, transport vositasini Pulli to`xtab turish joyiga qo`ygan vaqtdan boshlab 5-daqiqa ichida xizmat haqini to`lash majburiyatini oladi. Pullik to‘xtab turish xizmati, Foydalanuvchi tomonidan to‘lov vaqtida ko‘rsatilgan davlat ro‘yxat raqam belgisi orqali identifikatsiya qilingan transport vositasiga nisbatan taqdim etiladi.
3.2. Texnik operator Foydalanuvchiga uning transport vositasi uchun Pullik to‘xtab turish hududida joylashgan bir dona to‘xtash joyidan foydalanish huquqini taqdim etadi. Foydalanuvchi pulli to`xtab turish joyidan foydalanish tartibiga rioya qilishi shart va bir nechta joyni egallamasligi kerak. Agar transport vositasi bir nechta pulli to`xtab turish joyiga qo`yilgan bo`lsa, egallagan maydonning o`lchamidan qat`iy nazar, transport vositasi qisman pulli to`xtab turish joylarining barchasini egallagan hisoblanadi. Bunday huquqbuzarlik Foydalanuvchining Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq javobgarlikka tortilishiga, shuningdek, ma’muriy jarima qo‘llanilishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatda Pullik to‘xtab turish joyidan foydalanuvchi Foydalanuvchi o‘z transport vositasi egallagan har bir to‘xtash joyi uchun to‘lovni amalga oshirishi shart.
3.3. Ushbu Shartnoma, Pulli to`xtab turish joyi Foydalanuvchisi tomonidan Shartnomaning barcha shartlarini hech qanday istisno va cheklovlarsiz to`liq va so`zsiz qabul qilish orqali tuzilgan hisoblanadi. Ushbu Shartnoma, Pulli to`xtab turish joyi Foydalanuvchisi tomonidan quyidagi harakatlardan birini amalga oshirgan holda tuziladi: - transport vositasini pulli to`xtab turish joyiga bevosita joylashtirish; - Foydalanuvchining mobil ilovada ro`yxatdan o`tkazilishi; - Ushbu Shartnomaning 6.9-bandda ko`rsatilgan usullardan biri orqali to`lovni amalga oshirish; - pulli to`xtab turish joylari obunasini rasmiylashtirish.
3.4. Ushbu Shartnoma bir martalik Foydalanuvchilar hamda obuna asosida pulli to`xtab turish joylaridan foydalanuvchilar uchun pulli to`xtab turish xizmati ko`rsatishning, shuningdek transport vositasining pulli to`xtab turish joyida harakatlanishi va to`xtab turishini nazorat qilishning umumiy tartibi va shartlarini belgilaydi.
3.5. Yuqorida qayd etilgan harakatlarni amalga oshirishdan avval, pulli to`xtab turish joylari Foydalanuvchisi ushbu Shartnoma shartlarini diqqat bilan tanishib chiqishi va agar ularni to`liq yoki qisman qabul qilmasa , ushbu Shartnomani tuzishdan voz kechishi lozim.
3.6. Pulli to`xtab turish joyidan foydalanish uchun to`lov amalga oshirilmagan taqdirda, Texnik operator, jumladan Pulli to`xtab turish joyidan foydalanganlik uchun to`lov amalga oshirmaganlik to`g`risida xabarnoma yuborish orqali, qoidabuzarlikni qayd etish huquqiga ega. Bundan tashqari, avtomatlashtirilgan nazorat tizimi tomonidan amalga oshirilgan video va fotosuratga olish, shuningdek foto va videokuzatuv vositalari orqali qayd etilgan ma’lumotlar yetarli asos bo‘lib, qoidabuzarlik faktining isboti sifatida xizmat qiladi.

4. Texnik operatorning huquq va majburiyatlari

4.1. Texnik operator quyidagi majburiyatlarga ega:
4.1.1. Shartnoma tuzilgan paytdan boshlab Foydalanuvchiga ushbu Shartnomada va Pulli to`xtab turish joylaridan Foydalanish qoidalarida belgilangan tartibda Pulli to`xtab turish joyi xizmatini ko`rsatish.
4.1.2. Pulli to `xtab turish joylarida o`rnatilgan uskunalarning sozligini nazorat qilish va ularni ishchi holatda saqlash.
4.1.3. Pulli to`xtab turish joylari hududining tozaligini ta`minlash.
4.1.4. Foydalanuvchilarning pulli to`xtab turish joylari qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilish.
4.1.5. Yo`l belgilari talablariga muvofiq transport vositalarining harakatlanishi va joylashishini nazorat qilish.
4.1.6. Foydalanuvchilarni pulli to`xtab turish joylarida amal qilinadigan qoidalar haqida ma`lumot bilan ta`minlash.
4.1.7. Texnik operator pulli to`xtab turish joylari hududida joylashtirilgan transport vositalarining xavfsizligini ta`minlamaydi va transport vositasining, unda o`rnatilgan jihozlarning va qoldirilgan buyumlar uchun javobgar emas.
4.1.8. Shaxsga doir ma`lumotlarga ishlov berishda Texnik operator O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga rioya qiladi.
4.1.9. Foydalanuvchiga ma`lumot stendlarida va Texnik operatorning rasmiy veb-saytida ko`rsatilgan aloqa raqamlari orqali pulli to`xtab turish joylari xizmatlarini ko`rsatish bilan bog’liq masalalar bo`yicha bepul telefon orqali maslahat olish imkoniyatini taqdim etish.

4.2. Texnik operator quyidagi huquqlarga ega:

4.2.1. Ushbu Shartnomani, Pulli to`xtab turish joylari xizmatlarini ko`rsatish shartlarini, Tariflarini, shu jumladan, obuna Tariflarini (Toshkent shahar hokimining tegishli qarorida va/yoki O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan hollarda), shuningdek to`lov usullarini bir tomonlama tartibda o`zgartirish va ushbu o`zgarishlarni Texnik operatorning rasmiy veb-saytiga joylashtirishga haqli. Ushbu tarzda e`lon qilingan axborot Pulli to`xtab turish joyining Foydalanuvchisi tomonidan olingan xabarnoma sifatida qabul qilinadi.
4.2.2. Texnik operator, identifikatsiyadan o`tmasdan Pullik to`xtab turish hududiga kirgan va ushbu hududda 3 (uch) kalendar kunidan ortiq turgan transport vositalari aniqlangan taqdirda, Foydalanuvchining transport vositasini to`xtab turish hududidan tashqariga ko`chirish huquqiga ega. Bunda transport vositasini ko`chirish va saqlash bilan bog‘liq xarajatlar transport vositasi egasining zimmasiga yuklanadi.
4.2.3. Texnik operator quyidagi toifadagi transport vositalariga pulli to`xtab turish joyi xizmatlarini ko`rsatishni rad etish huquqiga ega: - uzunligi 6 (olti) metrdan, eni 3 (uch) metrdan va balandligi 2 (ikki) metr 20 (yigirma) santimetrdan ortiq bo‘lgan, shuningdek tirkamali transport vositalari (tashkil etilgan bolalar guruhi, nogironlik aravachasida harakatlanuvchi shaxslar va harakatlanish imkoniyati cheklangan fuqarolar tashiladigan avtobuslar, hamda yo`lovchi tashishni amalga oshiruvchi sertifikatlangan tashkilotlarga tegishli bo`lgan, bir vaqtning o‘zida joylashtirish uchun bitta avtobusdan oshmaydigan avtobuslar bundan mustasno); - davlat ro`yxatidan o`tkazilmagan yoki qalbaki (soxtalashtirilgan) davlat raqam belgilariga ega bo`lgan transport vositalariga; - avariya holatidagi yoki shatakka olingan holatda bo`lgan transport vositalariga; - kirish/chiqish yo`llarini, avtomobil yo`llarini to`sib qo`ygan yoki Texnik operatorning ish faoliyatiga boshqa shaklda xalaqit bergan transport vositalariga; - to‘liq yoki qisman reklama tarqatish uchun qayta jihozlangan, ko‘chma reklama konstruksiyasi sifatida foydalanilayotgan transport vositalariga; - o`qib bo`lmaydigan/ifloslangan/o`zgartirilgan davlat ro`yxat belgilariga ega transport vositalariga; - tirkamali yuk transport vositalariga, tirkamali yengil avtomobillarga.
4.2.4. Texnik operator Foydalanuvchi bilan muloqotni audioyozuvga olish va ushbu yozuvlarni 5 (besh) yil davomida saqlash huquqiga ega.
4.2.5. Texnik operator davlat ro`yxatidan o`tkazilmagan transport vositalarini Pulli to`xtab turish joyiga kiritishini rad etish huquqiga ega, bundan quyidagilar mustasno: - ixtisoslashtirilgan Pulli to`xtab turish joyiga ko`chirilgan evakuatsiya qilingan avtomobillar; - vaqtinchalik ro`yxatga olish belgilariga ega bo`lgan transport vositalari.
4.2.6. Quyidagi hollarda Texnik operator Foydalanuvchining Pulli to`xtab turish joyidan foydalanish huquqini bir tomonlama rad etish, shuningdek ushbu Shartnoma asosida berilgan ushbu huquqni muddatidan oldin bekor qilish huquqiga ega: - Foydalanuvchi ushbu Shartnoma shartlarini qo`pol ravishda yoki bir necha bor buzgan hollarda; - Foydalanuvchi Shartnomada nazarda tutilgan to`lovlarni to`liq hajmda amalga oshirmagan taqdirda; - Foydalanuvchi To`xtash joyida Texnik operator yoki uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetkazgan yoki bunday zarar yetkazish xavfini yuzaga keltirgan hollarda.
4.2.7. Xavfsizlikni ta`minlash va Pulli to`xtab turish joylari qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida Texnik operator Pulli to`xtab turish joyi hududlarida videokuzatuvni amalga oshirish huquqiga ega. Yozuvlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilishi mumkin.
4.2.8. Transport vositasi harakatsiz holatda va to‘lovsiz tarzda joylashtirilgan taqdirda, Texnik operator qoidabuzarlik holatini qayd etish va keyingi choralarni ko‘rish uchun tegishli mahalliy davlat organlariga xabarnoma yuborish huquqiga ega. To‘lov amalga oshirilmagan taqdirda, Texnik operator bevosita Foydalanuvchiga xabarnoma yuboradi va belgilangan tartibda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
4.2.9. Texnik operator xizmatlardan (shu jumladan, mobil ilovadan) foydalanishni vaqtincha cheklash, shuningdek, profilaktika va/yoki texnik ishlar olib borilayotgan paytda xizmat ko`rsatishni to`xtatib qo`yish huquqiga ega. Bunday cheklovlar haqidagi ma`lumotlar veb-saytda va/yoki mobil ilovada joylashtiriladi.

5. Foydalanuvchining huquq va majburiyatlari

5.1. Pulli to`xtab turish joyining Foydalanuvchisi quyidagi majburiyatlarga ega:
5.1.1. Shartnomani tuzishdan oldin Shartnoma mazmuni, Shartnoma shartlari va xizmatlar Tariflariga muvofiq Foydalanuvchiga taklif qilingan Tariflar bilan tanishib chiqish.
5.1.2. Pulli to`xtab turish joyida Yo`l harakati qoidalariga rioya qilish va transport vositasini belgilangan chiziqlariga muvofiq joylashtirish majburiyatiga ega. Boshqa transport vositalarining harakatiga to`siqinlik qilmaslik, shu jumladan kirish-chiqish va harakatlanish yo’laklarini to`sib qo`ymaslik va Texnik operatorning ishiga xalaqit bermaslik.
5.1.3. Pulli to`xtab turish joyidan foydalanish qoidalariga rioya qilish bo`yicha Texnik operatorning talablariga rioya qilish.
5.1.4. Pulli to`xtab turish joyida yong`in xavfsizligi talablariga rioya qilish.
5.1.5. Pulli to`xtab turish joyida tozalik va tartibni saqlash.
5.1.6. Pulli to`xtab turish joyi jihozlariga shuningdek, Texnik operator va boshqa Foydalanuvchilarning mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish.
5.1.7. Pulli to`xtab turish joyi hududida jamoat tartibini saqlash va rioya qilish.
5.1.8. Shartnomaga muvofiq, Pulli to`xtab turish joyi xizmatlari uchun to`lovni transport vositasi to`xtab turish joyiga joylashtirilgan paytdan boshlab umumiy vaqtni hisobga olgan holda, xizmat ko‘rsatilgan sanada amalda bo`lgan Tarif asosida o`z vaqtida amalga oshirish.
5.1.9. Foydalanuvchi tomonidan sotib olingan pulli to`xtab turish joyi obunasi, obunani rasmiylashtirish vaqtida ma`lumotlari ko‘rsatilmagan transport vositalariga nisbatan amal qilmaydi. Bunda Foydalanuvchi bitta obuna doirasida ko‘pi bilan ikkita transport vositasini ko‘rsatishi mumkin.
5.1.10. Agar obuna egasi yangi obunani sotib olmagan yoki mavjud obunaning amal qilish muddatini joriy obuna tugashidan oldin uzaytirmagan bo‘lsa, u holda pulli to`xtab turish joyi xizmatlari uchun soatbay tarif asosida 24 soat ichida to‘lovni amalga oshirishi shart. Obunaning amal qilish muddati avtomatik tarzda daqiqasigacha aniqlikda hisoblanadi. Pulli to`xtab turish joyi xizmatlaridan foydalanish yakunlangach, Foydalanuvchi kirish vositasini (Pulli to‘xtab turish kartasini) Texnik operatorga qaytarib topshirishi lozim.
5.1.11. Foydalanuvchining aybi bilan Texnik operatorga yetkazilgan zararni qoplash.
5.1.12. Transport vositasini Pulli to`xtab turish joyiga joylashtirishni belgi chiziqlariga, yo`l harakati va pulli to`xtab turish qoidalariga qat`iy rioya qilgan holda amalga oshirish.
5.1.13. O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, jumladan 2023-yil 24-maydagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste`mol qilishni cheklash to`g`risida”gi O`RQ-844-sonli Qonuni, shuningdek O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga amal qilish maqsadida, Pulli to`xtab turish joyi hududida maxsus ajratilgan joylardan tashqarida quyidagilar taqiqlanadi: alkogol ichimliklarni iste`mol qilish, tamaki mahsulotlari va tarkibida nikotin mavjud bo`lgan mahsulotlarni (jumladan sigaretalar, chilimlar, elektron sigaretalar, tamakini qizdirish tizimlari va boshqa qurilmalar) chekish.
5.1.14. Foydalanuvchi Texnik operatorning birinchi talabiga binoan transport vositasini Pulli to‘xtab turish joyining ruxsat etilgan boshqa qismlaridan biriga ko‘chirishga majburdir.

5.2. Foydalanuvchiga quyidagilar taqiqlanadi:
5.2.1. Davlat ro`yxatidan o`tkazilgan raqam belgilarisiz, shuningdek o`qib bo`lmaydigan/ifloslangan/o`zgartirilgan davlat ro`yxatidan o`tkazilgan raqam belgilari bo`lgan transport vositasida Pulli to`xtab turish joyi hududiga kirish
5.2.2. Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq, transport vositasining harakatini 20 km/soatdan oshirish.
5.2.3. Pulli to`xtab turish joyida transport vositasini ta`mirlash, texnik xizmat ko`rsatish (ifloslantiruvchi moddalarni to`kish bilan bog`liq suyuqliklar, moylarni almashtirish va quyish, akkumulyatorlarni almashtirish, g`ildiraklarni almashtirish va hokazo).
5.2.4. Yonilg`i-moylash materiallari sizib chiqayotgan, yoki nosozliklar mavjud bo`lgan transport vositasini joylashtirish va uni to‘xtash joyi hududida qoldirish taqiqlanadi.
5.2.5. Pulli to`xtab turish joylaridan ularning belgilangan maqsadlardan tashqari boshqa maqsadlarda foydalanish.

5.3. Foydalanuvchi pulli to`xtab turish joylaridan foydalanish qoidalari, to`lovning mavjud usullari va Pulli to`xtab turish joyidan foydalanish bilan bog`liq boshqa masalalar yuzasidan Pulli to`xtab turish joylari operatorining “Aloqa markazi”ga murojaat qilish huquqiga ega.

6. To`lov tartibi

6.1. Pulli to`xtab turish joylari maydonidan foydalanganlik uchun to`lov Texnik operator tomonidan tasdiqlangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi.
6.1.1. Amaldagi tariflar haqidagi aktual ma`lumotlar quyidagi manbalarda taqdim etiladi: - www.streetpark.uz, www.poytaxtparking.uz rasmiy veb-sayti va Texnik operatorning “Poytaxt Parking” mobil ilovasi - tariflar, to`lov shartlari, shuningdek, Pulli to`xtab turish joyining ish vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan o`zgarishlar to`g`risidagi ma`lumotlarni o`z ichiga oladi. - Pulli to`xtab turish joylari hududidagi ma’lumot taxtalari - kirish joylarida va pulli to`xtab turish joylarining asosiy zonalarida joylashtirilgan bo`lib, xizmatlar narxi va pulli to`xtab turish joylaridan foydalanish shartlari haqidagi ma`lumotlardan foydalanish imkoniyatini ta`minlaydi. - To`lov terminallari - to‘lovni amalga oshirishdan oldin amaldagi tarif rejalarini ko‘rsatib, Foydalanuvchiga joriy shartlar bilan tanishish imkoniyatini beradi.
6.1.2. Texnik operator tarif siyosatiga, shu jumladan xizmatlar narxiga bir tomonlama tartibda o`zgartirishlar kiritish huquqini o`zida saqlab qoladi. Amaldagi va o`zgartirilgan tariflar to`g`risidagi ma`lumotlar Texnik operatorning www.streetpark.uz rasmiy veb-saytida, shuningdek mobil ilovasida, hamda boshqa mavjud axborot kanallarida, shu jumladan www.poytaxtparking.uz veb-saytida joylashtiriladi shart. Agar tegishli xabarnomada boshqacha holat nazarda tutilmagan bo`lsa, tariflardagi o`zgarishlar yuqorida ko`rsatilgan manbalarda rasmiy e`lon qilinganidan keyin kuchga kiradi.

6.2. Transport vositalarini Pulli to`xtab turish joyi bo`yicha xizmatlar narxi Toshkent shahar hokimining 2024-yil 16-oktyabrdagi 731-14-0-Q/24-son qaroriga muvofiq belgilangan pulli to`xtab turish joyining muayyan tarif zonasiga tegishli ekanligiga qarab belgilanadi.
6.3. Pulli to`xtab turish joyidan foydalanishning 1 (bir) soati uchun to`lov miqdori:

Tarif zonasi

Yig’im miqdori 1 (bir) soat, so‘m

1-tarif zonasi

12 000

2-tarif zonasi

10 000

3-tarif zonasi

8 000

4-tarif zonasi

6 000

5-tarif zonasi

5 000


6.4. Muayyan Pulli to`xtab turish joyiga tegishli bo‘lgan tarif zonasi to`g‘risidagi ma`lumotlar Foydalanuvchiga mobil ilova, Texnik operatorning rasmiy veb-sayti va maxsus axborot tablosi orqali yetkaziladi.
6.5. Bunda Pulli to`xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun Texnik operator tomonidan belgilangan tariflar tegishli normativ-huquqiy hujjatda belgilangan cheklangan miqdorlardan oshmasligi kerak.

6.6. Pulli to`xtab turish joylariga bevosita yaqin joylashgan ko`p qavatli uylarda doimiy yashash joyi bo`yicha ro`yxatga olingan fuqarolarga tegishli tarif zonasi doirasida Pulli to`xtab turish joylaridan imtiyozli shartlarda foydalanish huquqini beruvchi rezident obunasini rasmiylashtirish imkoniyati taqdim etiladi.
6.6.1.Obuna 1 (bir) kalendar oy muddatiga beriladi va faqat Foydalanuvchining doimiy ro`yxatdan o`tgan manziliga tutashgan tasdiqlangan Pulli to`xtab turish joylari hududi chegaralarida amal qiladi.
6.6.2. Rezident obunasini taqdim etish tartibi, zarur hujjatlar ro`yxati, to`lov shartlari va undan foydalanishning boshqa qoidalari Texnik operator tomonidan belgilanadi va mobil ilovada va/yoki rasmiy veb-saytda e`lon qilinadi.
6.6.3. Pulli to`xtab turish joylari obunasi shaxsiy hisoblanib, uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas va undan faqat obuna rasmiylashtirilgan shaxs foydalanishi mumkin. Foydalanish shartlarining buzilishi Texnik operatorning to`langan summani qoplamasdan abonementning amal qilishini bir tomonlama to`xtatib turish yoki bekor qilish huquqini beradi.

6.7. Pulli to`xtab turish joyidan foydalanganlik uchun to`lovdan ozod qilish.

6.7.1 Qonun hujjatlari talablariga muvofiq Pulli to`xtab turish joylaridan foydalanish uchun to`lov normativ-huquqiy hujjatlar va ushbu Shartnomada belgilangan tartibda tizim ishga tushirilgan paytdan boshlab amalga oshiriladi, transport vositalarini joylashtirish bepul asosda amalga oshiriladigan quyidagi holatlar bundan mustasno: - yalt-yalt etuvchi (ko`k, qizil yoki ko`k-qizil) chiroq-mayoqchalar, shuningdek avariya va maxsus xizmatlar vazifalarini bajarish uchun foydalaniladigan maxsus tovushli ishoralar bilan jihozlangan transport vositalari; - old va orqa oynalarida “7.17” yo‘l belgisi tasviri tushirilgan I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan nogironlarning transport vositalari (jumladan, nogironlar uchun mo‘ljallangan maxsus transport vositalari); - II Jahon urushi qatnashchisining transport vositasi; - davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydigan ikki g‘ildirakli transport vositalari.
6.7.2. Pulli to`xtab turish joyida ko`rsatilgan joylardan tashqarida foydalanilgan yoki tegishli tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo`lmagan taqdirda, imtiyoz berilmaydi va to`lov umumiy asoslarda undiriladi.
6.7.3. Texnik operator imtiyoz qo`llanishi shartlariga rioya etilishini tekshirishni amalga oshirishga, qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda esa - imtiyozning amal qilishini bekor qilishga va to`xtab turgan vaqti uchun haq undirishga haqli. 1.2. Imtiyozli toifadagi shaxslar uchun bepul avtoturargohlar.
6.8.1. Toshkent shahar Hokimining 2024-yil 16-oktabrdagi №731-14-0-Q/24-sonli Qaroriga ilova qilingan 13-bandga muvofiq, har bir Pulli to‘xtab turish joyida, shu jumladan savdo korxonalari, xizmat ko‘rsatish, tibbiyot, sport va madaniy-ko‘ngilochar muassasalar yaqinida joylashgan to‘xtash joylarida, imtiyozli to‘xtash ruxsatnomasiga ega bo‘lgan shaxslar boshqaruvidagi yoki ularning manfaatlari yo‘lida foydalaniladigan transport vositalarini bepul joylashtirish uchun umumiy to‘xtash joylari sonining kamida 5 foizi (lekin kamida 1 dona joy) ajratilishi shart.
6.8.2. Ko`rsatilgan Pulli to`xtab turish joylari yo`l harakati qoidalari talablariga muvofiq - yo`l belgilari va/yoki gorizontal chiziq belgilaridan foydalangan holda majburiy ravishda belgilanishi kerak. Ushbu joylardan foydalanishga faqat imtiyozga ega bo`lgan huquqni tasdiqlovchi amaldagi hujjat mavjud bo`lgan taqdirda yo`l qo`yiladi. Texnik operator imtiyoz berish shartlariga rioya etilishini tekshirishga, qoidabuzarliklar sodir etilgan taqdirda esa – pulli to`xtab turish joyidan foydalanganlik uchun to`lovni umumiy asoslarda undirishga haqli.
6.9. Foydalanuvchi Pulli to`xtab turish joyi uchun to`lovni quyidagi usullarda amalga oshirish huquqiga ega: − Bank kartasi – to`lov mobil ilova, to`lov terminallari, shuningdek, Texnik operatorning internet portali orqali amalga oshiriladi. To`lov uchun xalqaro to`lov tizimlari kartalari (Visa, Mastercard va Texnik operator tomonidan qo`llab-quvvatlanadigan boshqa kartalar) qabul qilinadi.
− Elektron to`lov tizimlari – PayMe, Click, Uzum va Texnik operator tomonidan qo`llab-quvvatlanadigan boshqa to`lov tizimlari bilan integratsiyalash orqali.
− Naqd pul – nazorat-kassa mashinasidan foydalanmasdan avtoturargoh hududida joylashgan Paynet to`lov terminallari orqali amalga oshiriladi.
6.9.1. Pulli to`xtab turish joylari uchun to`lovni amalga oshirishga to`sqinlik qiladigan texnik nosozliklar yuzaga kelgan taqdirda, Foydalanuvchi zudlik bilan Texnik operatorni qo`llab-quvvatlash xizmatini xabardor qilishi va undan olingan ko`rsatmalarga muvofiq harakat qilishi shart.

6.10. Foydalanuvchining transport vositasi avtomatik qayd etish vositalari (jumladan, foto va/yoki video kuzatuv tizimlari) bilan jihozlangan Pulli to‘xtab turish joyi hududiga kirganligi holati, xizmat ko‘rsatilganligining tegishli dalili sifatida e’tirof etiladi va Foydalanuvchida ushbu Shartnomada nazarda tutilgan tartibda to‘lov majburiyatini yuzaga keltiradi.
6.11. Foydalanuvchi xizmat haqini to`liq hajmda to`lashi shart. Ushbu majburiyat bajarilmagan taqdirda, O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327 va 333-moddalariga ko`ra, to`lov majburiyatini bajarish kechiktirilgan hisoblanadi.
6.11.1 Foydalanuvchi to`lovdan bosh tortgan taqdirda, Texnik operator quyidagi huquqlarga ega: - qarzni, neustoyka va yetkazilgan zararlarni undirish to`g`risidagi da`vo bilan sudga murojaat qilish.
6.12. Foydalanuvchi Pulli to`xtab turish sessiyasini o`z vaqtida uzaytirish uchun mas`ul bo`lib, to`lovlar joriy holatini mobil ilova yoki Texnik operatorning internet portalidagi shaxsiy kabineti orqali mustaqil ravishda nazorat qilishi shart.
6.13. Foydalanuvchi kirish/chiqishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi, shuningdek, Texnik operatorlar va to`lov tizimlari ma`lumotlari tomonidan qayd etilgan ma`lumotlardan nizo yuzaga kelgan taqdirda dalil sifatida foydalanilishi mumkinligiga rozilik beradi.

7. Tomonlarning javobgarligi

7.1. Texnik operator transport vositasining va unda qoldirilgan buyumlarning, shu jumladan qimmatbaho buyumlar, hujjatlar va boshqa mol-mulkning saqlanishi uchun javobgar emas. Pulli to`xtab turish joyi xizmatlari qo`riqlash xizmatlari ko`rsatilmagan holda taqdim etiladi va Texnik operator transport vositasini olib qochish, o`g`irlash, shikast yetkazish yoki uchinchi shaxslarning boshqa noqonuniy xatti-harakatlaridan himoya qilishni kafolatlamaydi. Shuningdek, Texnik operator Pulli to`xtab turish joyi hududida uchinchi shaxslar tomonidan yetkazilgan zarar, ya`ni boshqa haydovchilar yoki Pulli to`xtab turish joyi tashrif buyuruvchilarning harakatlari natijasida to`qnashuvlar, tirnalishlar, ezilishlar yoki boshqa mexanik shikastlanishlar uchun javobgar bo`lmaydi. Bundan tashqari, agar to`lov tizimidagi vaqtinchalik texnik uzilishlar uchinchi shaxslarning xatti-harakatlari, aloqa operatorlaridagi texnik nosozliklar yoki Texnik operatorning nazorati ostida bo`lmagan boshqa holatlar tufayli yuzaga kelgan bo`lsa, Texnik operator to`lov tizimidagi vaqtinchalik texnik uzilishlar uchun javobgar bo`lmaydi.
7.2. Foydalanuvchi Pulli to`xtab turish joyi qoidalarini buzganlik uchun, jumladan, pulli to`xtab turish joyi xizmatlari uchun to`lovni amalga oshirmaganlik yoki to‘lovni o`z vaqtida bajarmaganligi uchun javobgar bo`ladi.
7.3. Shuningdek, foydalanuvchi Pulli to`xtab turish joyi infratuzilmasi, jumladan, pulli to`xtab turish joyi uskunalari, chiziqlar, to`siqlar va to`lov terminallariga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishi shart. Texnik operatorning mol-mulki qasddan yoki tasodifan shikastlangan taqdirda, Foydalanuvchi yetkazilgan zararni to`liq hajmda qoplashi shart. Bundan tashqari, Foydalanuvchi pulli to`xtab turish joyidan transport vositasini vaqtincha saqlash, ta`mirlash, sotish yoki ushbu Shartnoma shartlarida nazarda tutilmagan boshqacha tarzda foydalanish bilan bog`liq bo`lmagan maqsadlarda foydalanishga haqli emas.
7.4. Agar Foydalanuvchining transport vositasi ushbu Shartnoma shartlari buzilganligi sababli Pulli to‘xtab turish joyidan tashqariga olib chiqilgan bo‘lsa, Texnik operator quyidagilarni amalga oshirishi shart: − qoidabuzarlik holatini foto yoki video yozuv orqali qayd etish; − texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lsa, mobil ilova, shaxsiy kabinet yoki SMS-xabarnoma orqali Foydalanuvchiga xabarnoma yuborish yoki Foydalanuvchining so‘rovi asosida ma’lumot taqdim etish.
7.5. To`lov terminali orqali to`lov amalga oshirilganida avtomatik ravishda yaratilgan hisob yozuvi Shartnoma tuzilganligini, xizmat ko`rsatish faktini va to`lov majburiyatlarining yuzaga kelganligini tasdiqlovchi yetarli deb hisoblanadi. Mobil ilovada ro`yxatdan o`tmaganlik, shu jumladan texnik sabablarga ko`ra undan foydalanishning imkoni yo`qligi sababli, Foydalanuvchini ushbu Shartnoma shartlarini to`liq bajarishdan ozod qilmaydi.
7.6. Hech qaysi Tomon majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun javobgar bo`lmaydi, agar bunday holatlar yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlari, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, tabiiy ofatlar, harbiy harakatlar, terrorchilik harakatlari, avariyalar, ish tashlashlar, davlat organlarining qarorlari yoki Tomonlarning oqilona nazoratidan tashqarida bo‘lgan boshqa holatlar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa.
7.7. Ushbu Shartnoma shartlarini bajarish bilan bog‘liq nizolar yoki kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar ularni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga majburdirlar. Agar kelishuvga erishilmasa, nizolar Toshkent shahridagi Axborot-maslahat markazi huzuridagi Hakamlik sudida ko‘rib chiqiladi. Da’volar mazkur Hakamlik sudida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonun, Hakamlik sudi Reglamenti talablariga muvofiq, sud majlisi bayonnomasini yuritmasdan, rus tilida, Hakamlik sudi Raisi tomonidan belgilangan tartibda — yakka tartibda Raisning o‘zi yoki u tayinlagan hakamlar hay’ati tomonidan — belgilangan manzilda ko‘rib chiqiladi.
7.8. Toshkent shahridagi Hakamlik sudi qarori yakuniy bo`lib, Tomonlar uchun majburiy hisoblanadi.

8. Hisob yozuvini o`chirish

8.1. Foydalanuvchi istalgan vaqtda “Poytaxt Parking” mobil ilovasi funksional imkoniyatlari orqali yoki Texnik operatorning Aloqa markaziga tegishli so`rov yuborish orqali o`zining hisob yozuvini o`chirishni talab qilish huquqiga ega.
8.2. Foydalanuvchining Shaxsiy kabinetini (Hisob yozuvini) o`chirish ushbu Shartnomani bajarishdan Foydalanuvchining bir tomonlama voz kechganligi deb hisoblanadi. Hisob yozuvi o`chirilgan vaqtdan boshlab Shartnoma Foydalanuvchi tashabbusi bilan bekor qilingan deb e’tirof etiladi va Tomonlarning o`zaro huquq va majburiyatlari belgilangan tartibda tartibga solinadi.
8.3. Foydalanuvchidan hisob yozuvini o`chirish bo`yicha so`rov kelib tushganidan so`ng, Foydalanuvchining shaxsga doir ma`lumotlarini amaldagi saqlash muddati davomida, lekin 5 (besh) yildan oshmagan holda yoki qonunchilikda ko`zda tutilgan boshqa holat va muddatlarda Texnik operator tomonidan saqlanadi, shundan so`ng ushbu ma`lumotlar yo`q qilinadi yoki egasizlashtiriladi (anonimlashtiriladi).
8.4. Texnik operator Foydalanuvchiga amalda ko`rsatilmagan xizmatlar uchun mablag` ushlab qolmaydi. Hisob yozuvi o`chirilgan paytda Foydalanuvchining pulli to`xtab turish hisobida ijobiy qoldiq mavjud bo`lsa, bu mablag` to`liq hajmda, Hisob yozuvi o`chirilgan kundan boshlab 10 (o`n) ish kuni Ichida to`liq hajmda qaytarilishi lozim. Qaytarish pulli to`xtab turish hisobini to`ldirishda foydalanilgan usul orqali, yoki Foydalanuvchi bilan kelishilgan boshqa usulda amalga oshiriladi.
8.5. To`lov tizimlari, aloqa operatorlari va boshqa texnologik yechimlar yetkazib beruvchilar kabi uchinchi tomon xizmatlari tomonidan yig`iladigan va ishlov beriladigan ma`lumotlar ularning o`z foydalanuvchi shartnomalari va maxfiylik siyosatlari asosida ishlov beriladi. Texnik operator bunday uchinchi shaxslarning harakatlari uchun javobgar emas.
8.6. Egasizlashtirilgan ma`lumotlar Texnik operator tomonidan faqat statistik, tahliliy yoki boshqa qonuniy maqsadlarda foydalanilishi mumkin.

9. Fors-major

9.1. Tomonlar yengib bo`lmaydigan holatlar (fors-major), jumladan, tabiiy ofatlar, harbiy harakatlar, qonuniy taqiqlar yuzaga kelgan taqdirda o`z majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
9.2. Fors-major holatlari yuzaga kelganda, majburiyatlarni bajarish muddati ushbu holatlar davomiyligiga mos ravishda suriladi.

10. Yakuniy qoidalar

10.1. Ushbu Shartnoma Foydalanuvchi tomonidan Shartnomaning 3.4-bandida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirgan paytdan boshlab kuchga kiradi va bu harakatlar Foydalanuvchining hech qanday istisnosiz va cheklovlarsiz Shartnoma shartlarini so`zsiz qabul qilganligini anglatadi. Shartnoma Tomonlar o`z majburiyatlarini bajarganlariga qadar amal qiladi.
10.2. Ushbu Shartnomada tartibga solinmagan masalalar O`zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi asosida hal etiladi.
10.3. Ushbu Shartnoma shartlarini bajarish bilan bog`liq ravishda kelib chiqadigan barcha nizolar O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida sud tartibida hal qilinadi.
10.4. Ushbu Shartnoma shartlari bir necha marotaba buzilgan taqdirda, Foydalanuvchi pulli to`xtab turish joyidan foydalanish huquqini cheklanishi mumkin bo`lgan shaxslar ro`yxatiga kiritilishi mumkin. Bunday cheklov to`g`risida ma`lumot Foydalanuvchiga mobil ilovaning shaxsiy kabineti yoki SMS-xabarnoma orqali oldindan yuboriladi.
10.5. Shartnoma shartlariga kiritilgan o`zgartirishlar to`g`risidagi ma`lumotlar Texnik operatorning rasmiy veb-saytida (axborot-telekommunikatsiya tarmog`ida) tegishli ma`lumot e`lon qilinishi orqali Foydalanuvchiga yetkaziladi.
10.6. Ushbu Shartnomaning 3-bo`limida belgilangan tartibda Shartnomani tuzgan holda, pulli to`xtab turish joyi Foydalanuvchisi o`zining shaxsga doir ma`lumotlarga ishlov berishga rozilik bildiradi. Bu rozilik pulli to`xtab turish joyilari monitoringi bo`yicha axborot tizimini shakllantirish maqsadida quyidagi harakatlarni amalga oshirishni o`z ichiga oladi: yig`ish, yozib olish, tizimlashtirish, jamlash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o`zgartirish), chiqarib olish, foydalanish, uzatish (tarqatish, taqdim etish, kirish imkonini berish), egasizlantirish, bloklash, o`chirish va yo`q qilish.
107. Foydalanuvchining shaxsga doir ma`lumotlarnga ishlov berish, saqlash va himoya qilish tartibi, shu jumladan maqsadlar, shartlar, saqlash muddati hamda uchinchi shaxslarga ma`lumot uzatish shartlari ushbu Shartnomaning 1-sonli Ilovasida belgilangan.
10.8. Ushbu Shartnoma O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367 va 370-moddalariga muvofiq rasmiy ommaviy oferta hisoblanadi va Foydalanuvchi tomonidan aksept qilingan sanada Texnik operatorning rasmiy veb-saytida e`lon qilingan tahrirda kuchga kiradi.
© 2025 Poytaxt Parking.Barcha huquqlar himoyalangan.